“Barselona” “Real”ga raqib emas – Anchelotti La liga chempionligi haqida

Sport

image

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya chempionatidagi chempionlik uchun kurash haqida gapirdi.

“Endi “Barselona” Ispaniya chempionatidagi bevosita raqibimiz emas, chunki boshqa jamoalar bizga yaqinroq. Ammo ular o‘sish uchun imkoniyatga ega. Agar men “Barsa” murabbiyi bo‘lganimda, Xavining yo‘lidan yurgan bo‘lardim”, deydi Anchelotti “Marca” nashriga bergan intervyusida.

Bundan avval “ko‘k-anorranglilar” bosh murabbiyi Xavi Ispaniya chempionatida g‘alaba qozonish imkoniyati saqlanib qolgani haqida aytib o‘tgan edi.

Ma’lumot uchun, “Real Madrid” 17 o‘yinda 42 ochko to‘plagan holda Ispaniya La ligasida 1-o‘rinni egallab turibdi. 8-o‘rindagi “Barselona” esa 16 o‘yinda 24 ochko jamg‘argan. O‘tgan yilgi chempion “Atletiko Madrid” hisoblanadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Xavi Real Madrid Anchelotti

Baholaganlar

177

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing