“Barselona” “Real”dan o‘zib ketdi

Sport

image

“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski jamoasining Ispaniya chempionatidagi 6500-golini urdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Hujumchi Ispaniya chempionatining 7-turidan o‘rin olgan “Xetafe”ga qarshi o‘yinda (1:0) gol urdi. Shunday qilib, Kataloniya klubining ligadagi 3035 ta o‘yinida 6500 ta gol kiritildi, bu degani har bir o‘yinga o‘rtacha 2,14 tadan gol to‘g‘ri keladi. Bu vaqt ichida “Barselona” o‘z darvozasidan 3362 ta gol o‘tkazib yubordi. 

“Barselona” Ispaniya chempionatida 6500 ta gol urgan birinchi klub bo‘ldi, kataloniyaliklarning eng yaqin ta’qibchisi “Real”da hozirda 6499 ta gol bor.

Ayni damda “Barselona” Ispaniya chempionati turnir jadvalida 21 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Jamoa keyingi turda “Osasuna” bilan to‘qnash keladi. Uchrashuv 28 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Real Robert Levandovski Xetafe

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made