“Barselona” Rafinyaga narx belgiladi

Sport

image

“Barselona” vinger Rafinya bilan kamida 80 million yevro evaziga xayrlashishga tayyor. Bu haqda “Sport” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Kataloniya klubi 27 yoshli braziliyalikning o‘yinidan juda mamnun va klubga futbolchini sotish taklifini qabul qilish qiyin bo‘ladi. Rafinyaning narxi bo‘yicha qaror Angliya chempionati klublarining 60 million yevro miqdoridagi takliflaridan so‘ng qabul qilingan.

Futbolchiga qiziqish bildirayotgan klublar orasida “Chelsi” va “Manchester Yunayted” ham bor.

Joriy mavsumda Rafinya 31 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Braziliyalik futbolchi “Barselona”ga 2022 yilning iyulida “Lids”dan kelib qo‘shilgandi. “Transfermarkt”ga ko‘ra, uning qiymati 50 million yevroni tashkil etadi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Lids Rafin'ya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing