“Barselona” Rafinya uchun qancha pul taklif qilgani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” klubi “Lids” yarim himoyachisi Rafinya Diaz uchun “Chelsi”ga qarshi kurashni davom ettirmoqda. Bu haqda jurnalist, insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Romanoning so‘zlariga ko‘ra, “ko‘k anorranglilar” braziliyalik futbolchi uchun 50 million yevro va yana qo‘shimcha 10 million yevroni bonus sifatida taklif qilgan. Biroq “Lids” bunday miqdordagi kelishuvni qabul qilishga rozi bo‘lmadi.

G‘arbiy Yorkshir klubi Rafinyani 60 million yevrodan kamiga sotmoqchi emas. Faqatgina “Chelsi” 26 yoshli futbolchi uchun mana shunday narx taklif qilgan. “Lids” rasmiylari ham “Chelsi” bilan kelishishni ma’qul ko‘rmoqda.  Biroq “Barselona” futbolchining agentlari bilan bog‘lanishda davom etmoqda va transfer uchun qo‘lidan kelganini qilishini ta’kidlamoqda. Shuningdek, Rafinyaning o‘zi ham “Barselona” safiga o‘tishni istamoqda.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Rafinya Diaz “Lids” safida Angliya Premer ligasining 35 ta uchrashuvida maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali braziliyalik iqtidor egasini 45 million yevroga baholamoqda.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Barselona

Baholaganlar

14

Reyting

3.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing