“Barselona” prezidenti Messining klubga qaytishini tasdiqladi (video)
Sport
−
17 aprel 2023 10313 1 daqiqa
Ispaniyaning “Barselona” klubi prezidenti Joan Laporta muxlislar bilan suhbat chog‘ida PSJ hujumchisi Lionel Messi tez orada Kataloniya klubi safiga qaytishini aytdi.
Laporta Ispaniya chempionatining 29-turidan o‘rin olgan “Xetafe”ga (0:0) qarshi o‘yin oldidan tribunada muxlislar bilan suratga tushdi va shu bilan birga muxlislarning savollariga javob qaytardi. Tomoshabinlardan biri “Barselona” prezidentiga “Lionel Messi jamoaga qaytadimi?” deb, savol berdi. Bunga Laporta darhol javob berdi: “Si” (“Ha”).
Ijtimoiy tarmoqlarda funksionerning muxlislar bilan muloqoti aks etgan video tarqaldi.
Qayd etilishicha, Birlashgan Arab Amirliklarining yirik kompaniyalaridan biri “Barselona”ga Messi bilan shartnoma imzolashi uchun yetarlicha sarmoya ajratadi. Klub hozirda Messi qaytishi uchun barcha mumkin bo‘lgan imkoniyatlarni ishga solmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025