“Barselona”ning yozdagi asosiy transfer maqsadi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Kataloniyaning “Barselona” klubi Bilbaoning “Atletik” jamoasi vingeri Niko Uilyamsni sotib olmoqchi. Bu haqda “Sport.es” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 21 yoshli futbolchi Kataloniya klubining asosiy transfer maqsadi hisoblanadi. “Barselona” sport direktori Deku allaqachon futbolchining agenti bilan bog‘langan va kelishuvni amalga oshirish uchun kerakli ishlarni boshlab yuborgan.

Klub rahbariyati Uilyams uchun tovon to‘lash bandida ko‘rsatilganidan ko‘ra kattaroq summa taklif qilishga tayyor, shunda “Atletik” uni tezroq sotishga rozi bo‘ladi. 

Joriy mavsumda Uilyams 37 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt”ga ko‘ra, Uilyamsning qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Atletik Niko Uil'yams

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing