“Barselona”ning yosh yulduzi kumiri kim ekanini aytdi 

Sport

image

“Barselona” futbolchisi Lamin Yamal Lionel Messini o‘zining kumiri deb hisoblashini yashirmadi. Bu haqda Yamal “Goal” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi. 

Yosh futbolchining so‘zlariga ko‘ra, uning Messidan boshqa kumiri bo‘lmagan.

“Messi - mening kumirim. Har doim shunday bo‘lgan va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Menda boshqa kumir bo‘lmagan. Bir marta Messi bilan suratga tushganman, unda u meni tanimasdi ham. Balki bir kun kelib men ham Messiga o‘xsharman”, deydi Yamal.

Ma’lumot uchun, Messi 2023 yilning yozidan buyon “Inter Mayami”da o‘ynamoqda. Joriy mavsumda u Amerika jamoasidagi birinchi sovrini – Liga kubogini qo‘lga kiritdi. Argentinalik futbolchi AQSHga ko‘chib o‘tishdan oldin PSJ va “Barselona”da o‘ynagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Messi “Time” jurnali talqiniga ko‘ra, yilning eng yaxshi sportchisi deb topilgani xabar qilingandi. Sovrin uchun kurashda Messi “Man Siti” a’zosi Erling Xoland va serbiyalik tennischi Novak Jokovichni ortda qoldirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Lionel' Messi Lamin Yamal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made