“Barselona”ning yangi prezidenti saylandi

Sport

image

Kecha, 7 mart kuni Katoloniyada “Barselona” prezidentligiga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Saylov natijalariga ko‘ra, 58 yoshli Joan Laporte “ko‘k-anorlilar”ning yangi prezidenti etib saylandi.

Yangi prezident raqobatchilarini ancha farq bilan ortda qoldirdi. Ya’ni Joan Laporte 54,28 foiz ovoz to‘pladi. U Viktor Font (29,29 foiz) va Toni Freyshani (8,58 foiz) ortda qoldirdi.

Ma’lumot uchun, Laporta Kataloniya klubi prezidentligi uchun saylovlarda 4-bor qatnashdi. U 2003 va 2006 yilgi saylovlarda g‘alaba qozongan, 2015 yili esa Jozep Bartomeuga yutqazgan edi. U 2003 yildan 2010 yilgacha jamoani boshqargan va ushbu davrda “ko‘k-anorranglilar” 4 bor La Ligada, 2 marta Chempionlar Ligasida zafar quchishgan. Umumiy hisobda 12ta sovrin qo‘lga kiritilgan. Jamoa 2009 yili o‘zi ishtirok etgan barcha 6 turnirda g‘olib bo‘lib, rekord o‘rnatgan.

Endilikda Laporte “Barselona”ni 2027 yilgacha boshqaradi.

Avvalroq, klubning sobiq prezidenti Xosep Bartomeu hibsga olingani haqida xabar bergan edik. Sobiq prezident  shaxsiy daromad olish maqsadida "ko‘k-anorranglilar" nomidan bitimlar tuzishda ayblanyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona

Baholaganlar

125

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing