“Barselona”ning yangi mavsumdagi sardori aniqlandi

Sport

image

“Barselona”ning yangi mavsumdagi asosiy sardori braziliyalik hujumkor yarim himoyachi Rafinya etib tayinlandi. Bu haqda “Yahoo Sports” nashri xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, “Barselona”ning birinchi sardori Mark-Andre ter Shtegen edi. Biroq nemis darvozaboni “Ayaks”ga ijaraga berildi. Kataloniyaliklarning vitse-sardori Ronald Arauxo esa “Liverpul”ga ijaraga o‘tdi.

Ularning jamoadan ketishidan so‘ng yarim himoyachi Frenki de Yong “ko‘k-anorranglilar”ning yangi sardori bo‘lishi kutilgan edi. Biroq klub sardorlik bog‘ichini Rafinyaga berishga qaror qildi. Avvalroq de Yong jiddiy jarohat olgani haqida xabar berilgandi.

Agar Rafinya va de Yong maydonga tushmasa, sardorlik bog‘ichini Pedri taqadi. Keyingi navbatda esa himoyachi Erik Garsiya turadi.

Shu tariqa, 2026-2027 yilgi mavsumda “Barselona”ni maydonda Rafinya boshqarib boradi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing