“Barselona”ning sobiq prezidenti hibsga olindi

Sport

image

Kataloniya politsiyasi "Barselona"ning sobiq prezidenti Xosep Bartomeuni hibsga oldi. Bu haqda "Cadena Ser" xabar bergan. 

Manbaga ko‘ra, bosh ijrochi direktor Oskar Grau va yuridik bo‘lim rahbari Roman Gomes Ponti ham hibsga olingan. 

Bugun, 1 mart kuni huquqni muhofaza qilish idoralari Bartomeu bilan bog‘liq korrupsiya ishi bo‘yicha "ko‘k-anorranglilar" ofisida tintuv o‘tkazgan. 

Tergovga ko‘ra, sobiq prezident  shaxsiy daromad olish maqsadida "ko‘k-anorranglilar" nomidan bitimlar tuzgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Bartomeu 2014 yildan 2020 yilgacha "Barselona" prezidenti bo‘lib ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Xosep Bartomeu

Baholaganlar

189

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing