“Barselona”ning sobiq futbolchisi Fayzullayev bilan jamoadosh bo‘ladi

Sport

image

Bosniyalik yarim himoyachi Miralem Pyanich Moskvaning SSKA futbol klubiga o‘tish arafasida. Bu haqda futbolchining o‘ziga tayanib, TASS xabar berdi.

“Men tibbiy ko‘rikdan o‘tdim, hammasi joyida, shartnoma bo‘yicha hammasini keyin bilib olasiz. SSKA katta klub va men bu yerda ko‘p narsa qila olishimga ishonaman. O‘ylaymanki, liga yuqori saviyaga ega. Yaxshi jamoalar va futbolchilar yig‘ilgan”, deydi Pyanich.

Ma’lum bo‘lishicha, kecha, 24 sentyabr kuni Pyanich “armiyachilar” safiga o‘tishga rozi bo‘lgan va 25 sentyabrga o‘tar kechasi futbolchi Moskvaga yetib kelgan.

Pyanich hozirda 34 yoshda. U faoliyati davomida Fransiyaning “Mets” va “Lion”, Ispaniyaning “Barselona”, Turkiyaning “Beshiktosh”, Italiyaning “Roma” va “Yuventus” klublarida o‘ynagan. Yarim himoyachining so‘nggi klubi BAAning “Sharja” jamoasi bo‘ldi. 2024 yilning 1 iyulidan bosniyalik futbolchi erkin agent hisoblanadi. Bosniya va Gersegovina terma jamoasi tarkibida Pyanich 115 o‘yin o‘tkazib, 17 gol urgan.

Qayd etish joiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abbosbek Fayzullayev ham SSKA klubida o‘ynaydi. Yarim himoyachining Moskva klubi bilan shartnomasi 2026 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Abbosbek Fayzullaev Miralem P'yanich

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made