“Barselona”ning navbatdagi transferi e’lon qilindi
Sport
−
03 Sentabr 2019 6043 1 daqiqa
Kataloniyaning “Barselona” futbol klubi 16 yoshli yarim himoyachi Pedri transferini e’lon qildi. Kataloniya klubi yosh futbolchi uchun “Las-Palmas”ga 5 million yevro to‘ladi.
Shuningdek, futbolchining keyingi sotuvlaridan tushadigan 15 foiz ulush “Las-Palmas”ga beriladigan bo‘ldi. Pedri 2020 yil “Barselona” safiga qo‘shiladi. Ungacha esa “Las-Palmas”da to‘p suradi.
Pedri ayni damda klubida asosiy tarkibda o‘ynamoqda.
Live
Barchasi