“Barselona”ning mag‘lubiyati bilan tugagan o‘yinda Messi rekord qayd etdi

Sport

image

Kecha Kataloniyaning “Barselona” klubi Ispaniya kubogi finalida “Valensiya” jamoasiga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.

Uchrashuvda “ko‘k-anorranglilar” sardori – argentinalik Lionel Messi o‘ziga xos rekord sohibiga aylandi. Ikkinchi taymda jamoasining finaldagi yagona golini kiritgan Leo “Qirol kubogi” finallrida 6 o‘yinda gol kirita olgan yagona futbolchiga aylandi.

Messi shu paytgacha Ispaniya kubogining 2009, 2012, 2015, 2017, 2018 yilgi final uchrashuvilarida ishtirok etib, raqiblari darvozasini nishonga olishning uddasidan chiqqan edi. E’tiborlisi, bu yilgi finalga qadar Messi gol urgan barcha finallarda “Barselona” yakunda g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi.

Shuningdek, Messi va Buskets 9 martadan Ispaniya kubogi finalida to‘p tepgan futbolchilar qatoridan joy olishdi. Bungacha Bernd Shuster va Augustin Gainso shunday natijaga erisha olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Messi

Baholaganlar

72

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing