“Barselona”ning keyingi yildagi birinchi transfer maqsadi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
31 Oktabr
2641“Barselona” 2025 yilning yozida birinchi bo‘lib sotib olmoqchi bo‘lgan futbolchi borasida bir qarorga keldi. Bu haqda Ispaniyaning “Relevo” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar yangi darvozabonga ehtiyoj sezmoqda va birinchi navbatda “Manchester Siti”ga qiziqish bildirayotgan “Portu”ning portugaliyalik darvozaboni Diogu Koshta bilan shartnoma imzolashga harakat qiladi.
“Barselona” sport direktori Deku Portugaliya darvozabonini Kataloniya jamoasida ko‘rishdan xursand bo‘lishini bildirdi. Bundan tashqari, futbolchining agenti mashhur portugaliyalik murabbiy Jorje Mendesh bo‘lib, Deku u bilan faol aloqada.
Qayd etish joiz, La Liga 6-turida “Vilyarreal”ga qarshi o‘yinda (5:1) Ter Shtegen o‘ng tizzasidan jarohat olib, mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi. Ayni paytda uning o‘rnini egallagan Inyaki Penya Kataloniya jamoasida darvozabon pozitsiyasida to‘p surmoqda. Shuningdek, “Barselona” mavsum oxirigacha polshalik darvozabon Voysex Shesni bilan shartnoma imzoladi.
Ma’lumot uchun, 25 yoshli Diogu Koshta “Portu” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsumda darvozabon jamoasining barcha turnirlar doirasidagi 13 ta uchrashuvida qatnashib, 7 ta uchrashuvda 13 ta gol o‘tkazib yubordi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. “Transfermarkt” internet portaliga ko‘ra, posbonning taxminiy narxi 45 million yevroni tashkil qiladi.
LiveBarchasi