“Barselona”ning 7 nafar futbolchisida PSJga qarshi YeCHL javob o‘yinini o‘tkazib yuborish xavfi bor

Sport

image

10 aprel kuni “Barselona” Yevropa Chempionlar ligasi (YeCHL) chorak finalining birinchi o‘yinini PSJga qarshi o‘tkazadi.

“Ko‘k-anorranglilar”ning yetti nafar futbolchisi Parijda o‘ta ehtiyotkorlik bilan o‘ynashi kerak, chunki ular sariq kartochka olsa, javob o‘yinini o‘tkazib yuboradi.

PSJ bilan birinchi o‘yinda sariq kartochka olsa, keyingi o‘yinni o‘tkazib yuboradigan futbolchilar Ferran Torres, Serxi Roberto, Ronald Arauxo, Andreas Kristensen, Frenki de Yong, Lamin Yamal va Joau Felish hisoblanadi.

“Barselona” va PSJ o‘rtasidagi javob uchrashuvi 16 aprel kuni Kataloniyada bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona”ning hozirgi ustozi Xavi klubda qolish uchun rahbariyatga talab qo‘ygani xabar qilingandi.

Xavi klub rahbariyatidan jamoaning uzoq muddatli loyihasi bo‘yicha aniq kafolat olmoqchi va moliyaviy qiyinchiliklarni hisobga olgan holda klubga jalb qilmoqchi bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini ko‘rib chiqadi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona PSJ Evropa Chempionlar ligasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made