“Barselona”ning 2022-2023 yilgi mavsum uchun byudjeti tasdiqlandi 

Sport

image

“Barselona” klubining 2022-2023 yilgi mavsumdagi byudjeti 1,255 milliard yevro bo‘ladi. Bu haqda “ko‘k anorranglilar”ning rasmiy saytida xabar berildi.

Qayd etilishicha, “Barselona” klubi direktorlar kengashi yig‘ilish o‘tkazgan. Ushbu majlisda kengash a’zolari jamoaning 2022-2023 yilgi mavsum uchun byudjetini tasdiqlagan.  Unga ko‘ra, klubning daromadi 1,255 milliard yevro bo‘lsa, sof foyda miqdori 274 million yevroni tashkil qiladi.

Ma’lum bo‘lishicha, “Barselona” o‘tgan 2021-2022 yilgi mavsumni 1,017 milliard yevro moliyaviy aylanma bilan yakunlagan. Sof daromad esa 98 million yevro bo‘lgan.

Shuningdek, joriy yilning 9 oktyabr kuni “Barselona” delegatlarining Assambleyasi onlayn formatda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Unga 4451 kishi taklif etilishi ma’lum qilindi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Kataloniya klubi Ispaniya chempionatining ortda qolgan 6 ta turidan keyin 16 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. “Barselona” navbatdagi uchrashuvni 1 oktyabr kuni “Malorka”ga qarshi o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

“Barselona”

Baholaganlar

25

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing