“Barselona” murabbiyligi uchun birinchi raqamli nomzod ma’lum bo‘ldi

Sport

image

“Bavariya” va Germaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Xans-Diter Flik “Barselona”da Xavining o‘rnini bosishi mumkin bo‘lganlar ro‘yxatini boshqarib turibdi. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg o‘z X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, bir necha kun avval “ko‘k-anorranglilar” vakillari germaniyalik mutaxassisning yangi agenti Pini Zaxavi bilan uchrashgan. Uchrashuv Flikning kelajagi haqida aniq muzokaralarni o‘z ichiga oldi. 

Qayd etilishicha, “Barselona” hali yakuniy qarorga kelmagan, chunki Flik boshqa variantlarni ham ko‘rib chiqmoqda, biroq ispan klubi 59 yoshli murabbiy bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor.

Murabbiylik faoliyati davomida Flik “Bavariya” va Germaniya terma jamoasidan boshqa hech bir jamoada ishlamagan. 59 yoshli mutaxassis myunxenliklar bilan 2019/2020 yilgi mavsumda Yevropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.

Ma’lumot uchun, “Barselona” bosh murabbiyi Xavi joriy mavsum yakunida o‘z lavozimini tark etadi. Mutaxassis klubni 2021 yilning 6 noyabridan buyon boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida Kataloniya klubi ikkita sovrin – Ispaniya chempionati va Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Xans-Diter Flik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made