“Barselona” muxlislari PSJ futbolchilarining yaxshi dam olishiga to‘sqinlik qildi 

Sport

image

Bir guruh noma’lum shaxslar Barselonada PSJ futbolchilari joylashgan mehmonxona yonida feyerverk uyushtirdi. Bu haqda “RMC Sport” xabar berdi.

Jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini Barselonada, 18 aprelga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi. 10 aprel kuni Parijda bo‘lib o‘tgan birinchi uchrashuv 3:2 hisobida ispan klubi foydasiga hal bo‘lgandi.

16 aprelga o‘tar kechasi PSJ futbolchilari joylashgan mehmonxona yaqinida bir guruh odamlar to‘planib, salyut otib, petardalarni portlatdi. 

Qayd etilishicha, “Barselona” muxlislari ham mehmonxona yoniga kelib, yozda “Barselona”dan PSJga ko‘chib o‘tgan Parij klubi futbolchilari va jamoaning qanot himoyachisi Usmon Dembelega qarshi haqoratomuz so‘zlarni ishlatgan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona PSJ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing