“Barselona” moliyaviy holati bo‘yicha rejalarini oshkor qildi
Sport
−
05 aprel 2023
3273“Barselona” moliyaviy ahvolini yaxshilash uchun bir qancha yirik kompaniyalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi va ko‘pgina futbolchilari bilan xayrlashishi kerak bo‘ladi. Bu haqda “Championat.com” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, klub taxminan 200 million yevro ishlab olishi kerak. “Barselona” sport rahbariyati navbatdagi transfer oynasi uchun ish rejasini tayyorladi va har qanday sharoitda ham sotilmaydigan futbolchilarini belgilab oldi. Rahbariyat himoyachi Ronald Arauxo, shuningdek, yarim himoyachilar Pedri va Frenki de Yonglarni sotmaslikka qaror qildi. Bu futbolchilar klub har qanday qiyin moliyaviy holatda qolsa ham transferga qo‘yilmaydi.
“Barselona” Mark-Andre ter Shtegen, Gavi, Aleks Balde, Jyul Kunde, Rafinya va Robert Levandovski kabi futbolchilarni ham sotish niyatida emas. Shuningdek, klubga Andreas Kristensen va Frank Kessi bo‘yicha taklif bilan chiqalayotgan bo‘lsa ham bosh murabbiy Xavi ularni jamoada qolishini xohlayapti.
OAV klub hujum chizig‘ini qaytadan tuzib chiqishiga ishora qilmoqda. Kataloniya klubidagi maoshi juda yuqori bo‘lgan futbolchilar jamoani tark etishi kutilmoqda.
LiveBarchasi