“Barselona” Messiga yana 4 yil qolishni taklif etayapti
Sport
−
09 mart 2019 6836 1 daqiqa
Xabaringiz bor, Lionel Messi va “Barselona” o‘rtasidagi imzolangan bitim 2021 yilning yozida yakuniga yetadi.
Mundo Deportivo nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Kataloniya klubi joriy mavsum oxirida argentinalik hujumchiga 2023 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma taklif qilmoqchi. “Ko‘k-anorranglilar” Messi va uning otasi Xorxe bilan uchrashib, yangi kelishuv shartlarini kelishib olmoqchi.
Messi 2003 yildan beri “Barselona”ning asosiy jamoasida to‘p suradi. Joriy mavsum argentinalik futbolchi, LaLiganing 24ta uchrashuvida maydonga tushib, 25ta gol urdi va 13ta golli pas berdi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust