“Barselona” Messiga haykal qo‘yadi

Sport

image

"Barselona" prezidenti Joan Laporta klub argentinalik hujumchi Lionel Messi sharafiga haykal o‘rnatish niyatida ekanini aytdi.

"Kamp Nou" tashqarisida Leo Messining haykalini quramiz. Qaror qabul qilindi", deya Laportaning so‘zlarini keltirdi “Goal” nashri.

Avvalroq "Barselona" Messini jamoaga qaytarish masalasini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Messi 2005 yildan 2021 yilgacha "Barselona"ning asosiy jamoasida o‘ynagan. Bu vaqt ichida u kataloniyaliklar safida barcha musobaqalarda 776 ta o‘yin o‘tkazib, 670 ta gol urib, 302 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

2021 yilda Messi PSJ bilan shartnoma imzoladi. Uning fransuz klubi bilan shartnomasi 2023 yilgacha mo‘ljallangan. “Transfermarkt” portali argentinalik futbolchining narxini 50 million yevroga baholamoqda.

Shahzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

223

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing