“Barselona” Messi bilan muzokaralarni boshlamoqda

Sport

image

Argentinalik huhujumchi Lionel Messi PSJ bilan yangi shartnoma imzolashdan bosh tortdi va u mavsum yakunida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda futbol jurnalisti Veronika Brunati o‘zining Twitter'dagi sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, “Barselona” shu haftada 35 yoshli futbolchi bilan ehtimoliy transfer borasida muzokaralarni boshlaydi. Ispaniya klubi Messi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokara olib borishi mumkin, chunki uning PSJ bilan shartnomasi tugashiga olti oydan kamroq vaqt qoldi.

Messining otasi PSJ prezidenti Nosir Al-Xelayfi bilan futbolchining yangi shartnomasi bo‘yicha kelisha olmadi. Messi ham otasiga “Barselona” bilan muzokara o‘tkazishga ruxsat berdi.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” hozirda Messi transferini moliyalashtirish bo‘yicha yirik homiy izlamoqda. Ayni vaqtda klub argentinalik futbolchining moliyaviy talablarini qondirish imkoniyatiga ega emas.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi “Barselona”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing