“Barselona” “Manchester Yunayted” futbolchisini tekinga qo‘lga kiritmoqchi

Sport

image

“Manchester Yunayted”ning urugvaylik hujumchisi Edison Kavani mankunianliklar safini tark etishi mumkin. “Fichajes.com”  nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, hujumchiga Kataloniyaning “Barselona” klubi qiziqish bildirmoqda.

Manba tarqatgan xabarga ko‘ra, moliyaviy inqirozlar davrida “ko‘k-anorranglilar” erkin agentga aylanadigan futbolchilarga alohida e’tibor qaratmoqda. Urugvaylik futbolchining MYU bilan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Ispaniya La ligasi 12-turi doirasdagi “Alaves”ga qarshi kechgan uchrashuvda yuragi bilan bog‘liq muammolar sabab 3 oyni o‘tkazib yuboradigan Serxio Aguero sabab Kataloniya klubi hujum chizig‘ini kuchaytirish haqida o‘ylamoqda.

Shuningdek, Kavaniga Argentinaning “Boka Xuniors” jamoasi ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo, Edison kamida yana ikki yil yuqori saviyada o‘ynay olishini istisno qilmagan holda, ushbu taklifga rad javobini bergan. 

Ma’lumot o‘rnida, Kavani Angliya Premer ligasining 2021/22 yilgi mavsumida 5 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 ta gol yozdirib qo‘ygan.

Jamshidbek Mahmudov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

38

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing