“Barselona” “Liverpul”ga qarshi o‘yin uchun qaydnomani e’lon qildi. Jamoa safida jiddiy yo‘qotish bor
Sport
−
06 may 2019 6764 1 daqiqa
Xabaringiz bor, ertaga, 7 may kuni Yevropa Chempionlari ligasining yarimfinali ilk javob bahsi o‘tkaziladi. “Enfild” o‘yingohida “Liverpul” Kataloniyaning “Barselona”sini qabul qiladi.
Eslatib o‘tamiz, dastlabki bahsda “ko‘k-anorranglilar” 3:0 hisobida g‘alaba qozonishgan edi. Ertaga “Liverpul” mana shu farqni yo‘qotish uchun maydonda ter to‘kadi. Lekin ertangi o‘yin oldidan “qizillar” jamoasi safida jiddiy yo‘qotish mavjud. Jamoa yetakchisi Muhammad Saloh jamoasiga yordam bera olmaydi.
Kataloniyaliklar ertangi bahsda ishtirok etish uchun Angliyaga uchib ketishdi. Jamoa qaydnomasidan quyidagi futbolchilar joy olishgan.
Darvozabonlar: Ter Shtegen, Sillessen, Inyaki Penya
Himoyachilar: Semedu, Pike, Langle, Murilo, Alba, Yumtiti, Vermalen, Vage.
Yarim himoyachilar: Rakitich, Buskets, Koutino, Artur, Rafinya, Roberto, Vidal, Alenya.
Hujumchilar: Suares, Messi, Malkom, Boateng.
