“Barselona” Levandovskini sotmoqchi

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” klubi agar yaxshi taklif tushsa, uch futbolchisini sotishga tayyor. Bu haqda futbol jurnalisti Xose Alvares Gayya  ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Kataloniya klubi “Brayton”da ijara asosida o‘ynayotgan Ansu Fati hamda Robert Levandovski va Ronald Arauxoni sotishga tayyor.

Shuningdek, “ko‘k-anorranglilar” markaziy himoyachilar ko‘pligi sababli fransiyalik futbolchi Jyul Kunde bilan ham xayrlashmoqchi.

Ma’lumot uchun, 35 yoshli Levandovski va 24 yoshli Arauxoning klub bilan shartnomasi 2026 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Polshalik futbolchining transfer qiymati 20 million, urugvaylik to‘p ustasiniki esa 70 million yevroni tashkil etadi. 21 yoshli “Barselona” tarbiyalanuvchisi Ansu Fatining APL klubi bilan shartnomasi esa shu yil yozda yakuniga yetadi va u yana Barselonaga qaytadi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Robert Levandovski

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing