“Barselona” La Ligadagi 2 ta o‘yinni Fliksiz o‘tkazadi 

Sport

image

Ispaniya futbol federasiyasi tartib-intizom qo‘mitasi “Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flikni La Liganing 16-turida “Betis”ga qarshi o‘yinda (2:2) o‘zini odobsiz tutgani uchun jazoladi. 

“Betis” bilan bahsda nemis mutaxassisi hakam bilan bahslashdi va buning uchun qizil kartochka oldi. Bugun, 11 dekabr kuni Flik tartib-intizom qo‘mitasi qarori bilan ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi. “Barselona” qaror ustidan 10 kun ichida shikoyat qilsa bo‘ladi.

Flik yarim himoyachi Frenki de Yongning hujumchi Vitor Rokega nisbatan qo‘polligi uchun “ko‘k-anorranglilar” darvozasiga penalti belgilaganidan keyin o‘yin hakami Alexandro Ruis bilan bahslashgandi. Hakamning hisobotida aytilishicha, Flik “texnik maydonni tark etgani, baqirgani, imo-ishoralar qilgani, qarorga norozilik bildirgani uchun” maydondan chetlatilgan.

Ma’lumot uchun, “Barselona” Ispaniya chempionatining ortda qolgan 17 ta turidan keyin 38 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. “Barselona”ning eng yaqin ta’qibchisi “Real” hisobida 36 ochko mavjud, biroq madridliklarning chempionatda “Valensiya”ga qarshi 1 ta qo‘shimcha o‘yini bor.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona La Liga Ispaniya Xans-Diter Flik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing