“Barselona” La Liga peshqadamiga aylandi

Sport

image

Kecha, 27 avgust kuni 2026-2027 yilgi Ispaniya La Ligasi 1-turidan qoldirilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda “Barselona” o‘z maydonida “Atletik Bilbao” 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Barselonadagi “Kamp Nou” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvni hakam Migel Anxel Ortis Arias boshqarib bordi.

Hisobni 37-daqiqada “Barselona” hujumchisi Rafinya ochdi. 82-daqiqada esa yarim himoyachi Fermin Lopes mezbonlarning ustunligini yanada oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” 2026-2027 yilgi La Liga mavsumini 2-turda “Elche”ni 5:0 hisobida mag‘lub etish bilan boshlagan edi. “Atletik” esa 2-turda “Sevilya”ga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Shu tariqa, “Barselona” ikki o‘yindan keyin 6 ochko bilan musobaqa jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarildi. “Atletik Bilbao” esa hali ochko jamg‘armagan holda 20-o‘rinda bormoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing