“Barselona” kimlar bilan xayrlashmoqchi?

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” klubi yozgi transfer oynasida 8 nafar futbolchisi bilan xayrlashmoqchi. Bu haqda AS xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Samuel Umtiti bilan shartnoma bekor qilinganidan so‘ng kataloniyaliklar Kleman Langle va Serjino Dest bilan ham xayrlashish niyatida. Yuqorida nomlari keltirilgan o‘yinchilar klubda yuqori maosh oladi, shuning uchun “Barselona” har qanday holatda ham ulardan qutulmoqchi.

Niko Gonsales va Aleks Kollado ketishga unchalik shoshilmayapti, ammo barcha ko‘rsatkichlar ularning faoliyatini vaqtincha boshqa klublarda davom ettirishini ko‘rsatmoqda.

“Barselona” asosiy jamoaning yana besh nafar futbolchisini sotishni ko‘rib chiqmoqda. Jumladan, Pablo Torre ijaraga berilishi kutilmoqda. Murabbiylar shtabi unga muntazam o‘yin amaliyoti kerak, deb hisoblamoqda, shuning uchun Kataloniya klubi uni ijaraga bermoqchi.

Xavi bilan bir necha hafta oldin bo‘lib o‘tgan suhbatdan keyin ketishga tayyor bo‘lgan Frenk Kessi ham klub bilan xayrlashadi. 

“Ko‘k-anorranglilar” Ferran Torresni ham sotmoqchi, ammo uning transferini tashkil qilish juda qiyin. Agar Erik Garsiyaga taklif tushsa, murabbiylar shtabining ishonchiga qaramay, u ham sotiladi. Shuningdek, klub Ansu Fatini ham sotishga tayyor, ammo futbolchining o‘zi jamoadan ketish niyatida emas. “Barselona”da qolishga bo‘lgan bunday kuchli istak rahbariyat tomonidan yuqori baholandi, shuning uchun Fatiga o‘zini ko‘rsatish uchun oxirgi imkoniyat berilishi ham qo‘shimcha qilinmoqda.

Agar Barselona sakkiz nafar futbolchisini sotsa yoki ijaraga bersa, u holda klub yozda yana ikki nafar yangi futbolchini qo‘lga kiritishi mumkin bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Samuel' Umtiti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing