“Barselona” ketma-ket uchinchi transferini e’lon qildi

Sport

image

Kataloniyaning "Barselona" klubi transferlar oynasini faol tarzda boshladi. Erkin agent sifatida tarkibga qo‘shilgan Serxio Aguero hamda Erik Garsiya ortidan yana bir himoyachi sotib olindi. Braziliyalik Emerson Junior “Betis”dan “ko‘k-anorranglilar” tarkibiga kelib qo‘shildi.

Ma’lumot uchun, “Barselona” Emersonni 2019 yilda Braziliyaning “Atletiko Mineyro” klubidan sotib olgan. Biroq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lavermagach, uni “Real Betis”ga ijaraga bergan. “Betis” safida 42 uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan 22 yoshli himoyachini kataloniyaliklar ortga qaytardi. 

Kataloniya klubi rahbariyati Emersonni yoshi o‘tib borayotgan Pike hamda Albaga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Abdulla Mannonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Barselona

Baholaganlar

34

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing