“Barselona” katta miqdorda kredit oladi

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” klubi “Kamp Nou” stadionini ta’mirlashga qaratilgan “Espai Barsa” loyihasining moliyalashtirish masalasini yakunladi. Bu haqda “El Confidencial” xabar berdi.

Mazkur loyiha “Kamp Nou” ta’miridan tashqari stadionga tutash hududni modernizatsiya qilish, yangi ofislar, muzey, klub do‘koni, kafe, savdo markazi va 3200 avtomobilga mo‘ljallangan avtoturargoh qurishni ham o‘z ichiga oladi.

Bu loyihani moliyalashtirish uchun kataloniyaliklarga 1,5 milliard yevro kerak.

Ma’lum bo‘lishicha, “Barselona” korporativ obligatsiyalar orqali 1,5 mlrd yevro evaziga stadion garovisiz 24 yilga 6 foiz stavkada kredit olishga rozi bo‘lgan.

Qayd etilishicha, kataloniyaliklar 5 yildan so‘ng kredit stavkasini qayta ko‘rib chiqish niyatida. Qolaversa, “Barselona” qarzni dastlab rejalashtirilgan 2052 yilda emas, 2047 yilda to‘lashni va’da qilgan.

“Barselona”ga Amerikaning Goldman Sachs investitsiya banki kredit ajratadi.


Maqola muallifi

Teglar

“Barselona” “Kamp Nou”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing