“Barselona” qiziqayotgan futbolchi 100 mln funtga baholandi
Sport
−
25 may 2019 4386 1 daqiqa
Angliyaning “Everton” klubi Braziliya terma jamoasi hujumchisi Risharlisonni 100 mln funt evaziga sotishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.
O‘tgan mavsum avvalida, “Uotford” klubidan liverpulliklar safiga kelib qo‘shilgan futbolchiga ayni damda “Manchester Yunayted”, “Barselona” va PSJ kabi klublar qiziqayotganligi haqida xabar berilgandi.
Ma’lumot uchun, Risharlison joriy yozda Braziliya yashil maydonlarida o‘tkaziladigan “Copa Amerika” musobaqasida qatnashish uchun milliy terma jamoa tarkibiga chaqirilgan edi. Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite futbolchining Amerika kubogida yorqin o‘yin namoyish etishiga umid qilmoqda.
Live
BarchasiErdo‘g‘an Saudiyaga bordi
03 fevral
Qashqadaryoda YPX mashinasi yonib ketdi
03 fevral