“Barselona”ga yangi murabbiy tayinlandi

Sport

image

Germaniyalik murabbiy Xans-Diter Flik Ispaniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano o‘zining X'dagi sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi shartnoma 2026 yilga qadar mo‘ljallangan. 

Xans-Diter bungacha “Bavariya” klubini boshqargan va myunxenliklar bilan 2020 yilda Yevropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan. O‘sha mavsumda Flik shogirdlari chorak finalda “Barselona”ni 8:2 hisobida mag‘lub etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy mavsum “Barselona”ni boshqargan Xavi iste’foga chiqarilgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Bavariya Xans-Diter Flik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing