“Barselona”ga o‘tgan Rafinya Mbappening ustidan kuldi

Sport

image

Xabaringiz bor, “Barselona” nihoyat braziliyalik futbolchi Rafinyani “Lids”dan 58 million yevro (qo‘shimcha 10 million yevro bonuslar) evaziga sotib oldi. 

Rafinya o‘z Instagram sahifasida Barselonaga bag‘ishlangan bir nechta storislar joylashga ham ulgurdi. Xususan, u azaldan “Barsa” muxlisi bo‘lganini va klub a’zosiga aylanish orzusi ekanini ko‘rsatuvchi suratni joylagan.

Keyin esa endilikda orzusiga yetganini ko‘rsatish uchun “Barselona” safida to‘p tepgan vatandoshlari bilan birgalikdagi suratini joylashtirgan.

Yakunda esa Ronaldu va “Real Madrid”ning katta muxlisi Kilian Mbappening mashhur suratini havola qilgan.

Shu tariqa Rafinya u ham bolalik orzulariga ega ekani va Mbappedan farqli o‘laroq u orzularini amalga oshirganini ko‘rsatgan.

“Barselona”da o‘ynash men uchun katta sharaf. Ushbu formani kiyganim uchun minnatdorman. Yurtdoshlarimning aksariyati bu yerda o‘ynashdi va tarix yaratishdi. Agar men ham ular qilgan ishlarning yarimini amalga oshirsam, baxtli bo‘lardim. Men “Barselona” uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman”, degan braziliyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Kilian Mbappe joriy yilda azaliy orzusi “Real”  klubiga o‘tishga yaqin keldi. Biroq yakunda PSJ rahbariyati iqtidor egasini katta pul evaziga jamoada qolishga ko‘ndirdi. Futbolchiga hatto klub boshqaruvida qatnashish vakolati berildi.

Ibrohim Davronov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Barselona Mbappe Rafin'ya

Baholaganlar

896

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing