“Barselona”ga qaytish yoki qaytmaslikni Messining o‘zi hal qiladi
Sport
−
01 mart
2255Argentinalik afsonaviy futbolchi Lionel Messi Mayamining “Inter” klubini tark etishi mumkin. Bu haqda “El Nacional” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Barselona” argentinalik futbolchini qaytarish masalasini jiddiy o‘ylamoqda. Yakuniy qarorni Messi chiqaradi. Argentinalik futbolchi jamoaga yordam bera olishini va yosh futbolchilarning rivojlanishiga to‘sqinlik qilmasligini his qilsa, “Barselona”ga qaytish masalasini ko‘rib chiqishga tayyor, lekin “Barselona”ning moliyaviy qiyinchiliklari argentinalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olganidan k yanada og‘irlashishi mumkin.
Messi o‘z faoliyatini “Barselona”da boshlagan, u faoliyatining ko‘p qismini shu o‘tkazib, jamoaning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi va Yevropa Chempionlar ligasi va La Ligani qo‘lga kiritdi. Shuningdek, u ko‘plab shaxsiy mukofotlarga ega chiqdi, jumladan, “Barselona”da 7 marta “Oltin to‘p”ga sazovor bo‘ldi. 2022 yilda u Argentina bilan Qatarda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida g‘alaba qozonib, turnirning bosh qahramoniga aylandi.
LiveBarchasi