“Barselona” futbolchisini kaltaklab, “shilib” ketishdi

Sport

image

Gabon terma jamoasi va Ispaniyaning “Barselona” klubi futbolchisi Per-Emerik Obameyangning uyi noma’lum o‘g‘rilar tomonidan talon-toroj qilindi. Bu haqda Ispaniya politsiyasidagi manbalariga tayanib, “El Pais” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa futbolchining uyida sodir bo‘lgan. Kamida 4 kishi Obameyangning uyidagi bog‘ga bostirib kirgan. So‘ng ular 33 yoshli futbolchini kaltaklashgan. Qolaversa, o‘g‘rilar futbolchi va uning rafiqasiga o‘qotar qurollar bilan tahdid qilgan.

O‘g‘rilar “Barselona” futbolchisining uyiga bostirib kirib, seyfni buzib ochishgan va qimmatbaho taqinchoqlarni olishgan. So‘ngra mashinaga o‘tirib, qochib ketishgan. Hozirda politsiya o‘g‘rilarni qidirmoqda.

Malumot uchun, 33 yoshli futbolchi 2022 yilning qishida erkin agent maqomida “Arsenal”dan “Barselona”ga ko‘chib o‘tdi. Obameyang Kataloniya klubi safida 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urgan va 1 ta golli uzatma amalga oshirgan.


Maqola muallifi

Teglar

P'er-Emerik Obameyang “Barselona”

Baholaganlar

451

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing