“Barselona” futbolchisi xochsimon jarohat oldi

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” jamoasi yarim himoyachisi Runi Bardagji mashg‘ulot vaqtida tizzasidan xochsimon jarohat oldi. Bu haqda “Sports.es” nashri xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, shvetsiyalik qanot hujumchisi maydonda boshqa futbolchi bilan to‘qnashmasdan yiqilgan va kuchli og‘riq sababli mashg‘ulotni davom ettira olmagan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 20 yoshli futbolchi tizza bog‘lamidan jiddiy jarohat olgan bo‘lishi mumkin. Unda old xochsimon bog‘lam (ACL) uzilgani taxmin qilinmoqda. Biroq bu ma’lumot hozircha rasman tasdiqlangani yo‘q. Jarohatning aniq turi va og‘irlik darajasi tibbiy tekshiruvdan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

Agar ACL jarohati tasdiqlansa, Bardagji taxminan 10 oygacha futboldan chetda qolishi mumkin. Bu holatda shvetsiyalik futbolchi 2027-2028 yilgi mavsum boshiga qadar “Barselona”ga yordam bera olmaydi.

Qayd etish joizki, Bardagji avval ham tizzasidan jiddiy jarohat olgan. 2024 yil may oyida u “Kopengagen” safida o‘ynayotgan paytida old xochsimon bog‘lamini uzib olgan va qariyb bir yil futboldan chetda qolgan.

Ma’lumot uchun, Runi Bardagji 2025 yil yozida “Kopengagen”dan “Barselona”ga ko‘chib o‘tgan. Kataloniya klubi shvetsiyalik futbolchi bilan 2029 yilga qadar shartnoma imzolagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing