“Barselona” eng qimmat futbolchisini sotishga tayyor

Sport

image

Kataloniyaning “Barselona” klubi futbolchisi Filippe Koutino qishki transfer oynasida “ko‘k-anorranglilar” safini tarki etishi mumkin. Bu haqda Ispaniyaning “Sport” nashri xabar bermoqda. 

Manbaga ko‘ra, “Barselona” futbolchi bilan uning yuqori maoshi tufayli xayrlashishga qarshi emas, ammo Koutino joriy mavsumni Kataloniya klubida yakunlab, shundan keyingina boshqa jamoaga o‘tmoqchi.

Jamoaning yangi bosh murabbiyi Xavi Ernandes ham bu borada qaror qabul qilishga shoshilmayapti. Ispan murabbiyi Koutinoning harakatlarini ko‘rib chiqmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Filippe joriy mavsumda “Barselona” tarkibida 11 ta o‘yin o‘tkazib, bir gol muallifiga aylagan.

Ma’lumot uchun, braziliyalik futbolchi 2018 yilda Angliyaning “Liverpul” klubidan 135 million yevro evaziga Kataloniya klubi safiga qo‘shilgan. “Barselona” hech bir futbolchini bu qadar yirik mablag‘ evaziga sotib olmagan.


 


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Filippe Koutin'o Xavi Kataloniya

Baholaganlar

139

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made