“Barselona” Dembele bilan yangi shartnoma imzolaydi

Sport

image

Fransiyalik yarim himoyachi Usmon Dembele “Barselona”da o‘ynashni davom ettirishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist, insayder Fabritsio Romano xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, 25 yoshli futbolchi Kataloniya klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va ikki yillik shartnomaning yakuniy tafsilotlari bo‘yicha kelishib oldi. Yangi bitim shartiga muvofiq Usmon Dembelening yillik maoshi 40 foizga kamayib, 10 million yevroni tashkil qiladi.

Qayd etilishicha, shartnoma hali rasman imzolanmagani bois Dembelega jamoa bilan mashg‘ulotlar o‘tkazishga ruxsat berilmagan. 

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsumda Dembele “Barselona” safida 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 11 ta golli uzatma amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali fransiyalik iqtidor egasini 30 million yevroga baholamoqda.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

4

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing