“Barselona” darvozaboni yozda jamoani tark etishga tayyor
Sport
−
25 mart 2019 4177 1 daqiqa
Gollandiya terma jamoasi va “Barselona” klubi darvozaboni Yasper Sillessen yozda “ko‘k-anorranglilar” safini tark etishi mumkin.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra darvozabonning narxi taxminan 45-50 million yevroga baholanmoqda. Ammo shartnomada ko‘rsatilgan tovon puli 60 million yevroni tashkil etadi. Barselonadagilar hozirdanoq uning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan nomzodlar ro‘yxatini tuzishmoqda.
Ma’lumot uchun Sillessen ushbu mavsumda kataloniyaliklar safida bor-yo‘g‘i 7 marta maydonga tushgan. Aynan shu holat – maydonga kam tushayotgani gollandiyalik futbolchini qoniqtirmayapti. Ayni damda darvozabonga qaysi klublar qiziqish bildirayotgani haqida ma’lumotlar berilmadi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr