“Barselona” chipta savdosidan rekord darajada foyda ko‘rdi

Sport

image

“Barselona” ayollar o‘rtasidagi Yevropa Chempionlar ligasi yarim finalining “Chelsi”ga qarshi javob o‘yini uchun chipta sotishdan rekord darajada foyda qildi. Bu haqda “RAC 1” xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, “Barselona” - “Chelsi” o‘yinini tomosha qilish uchun “Kamp Nou”ga 72 262 kishi yig‘ilgan. Chipta sotuvidan klub 1,2 million dollar daromad ko‘rgan.

Uchrashuv durang bilan yakunlandi - 1:1. Birinchi o‘yinda “Barselona” Londonda “Chelsi”ni 1:0 hisobida mag‘lub etgandi. Shu tariqa ispan klubi ikki o‘yin natijasiga ko‘ra finalga chiqdi.

Yana bir yarim finalda Germaniyaning “Volfsburg” va Angliyaning “Arsenal” klublari o‘zaro bahs olib boradi. Germaniyada bo‘lib o‘tgan birinchi o‘yin durang bilan yakunlangandi – 2:2. Javob o‘yini 1 may kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.

Yevropa Chempionlar ligasi finali 3 iyun kuni Eyndxovenda o‘tkaziladi. “Barselona” 2021 yili ayollar Chempionlar Ligasi finalida “Chelsi”ni 4:0 hisobida mag‘lub etib, g‘olib chiqqandi. O‘tgan mavsumda kataloniyaliklar finalda Fransiyaning “Lion” klubiga (1:3) mag‘lub bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Chempionlar ligasi “Barselona”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing