“Barselona” butunlay tugatilishi mumkin
Sport
−
29 Sentabr 2023
20299Kecha, 28 sentyabr kuni Kataloniyaning “Barselona” klubi va Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi Hakamlar texnik qo‘mitasi sobiq vitse-prezidenti Xose Negreiraga rasman poraxo‘rlik ayblovi qo‘yildi. “The Telegraph” xabariga ko‘ra, bu hatto “Barselona”ning dunyo futbol xaritasidan butkul yo‘qolib ketishiga ham olib kelishi mumkin.
“Agar tomonlar sud jarayonida rasman aybdor deb topilsa, Xose Negreira 3 yildan 6 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinadi. Voqealar rivoji “Barselona” professional futbol klubi sifatida faoliyatdan chetlatilishigacha borib yetishi mumkin. Bu esa jamoaning 124 yillik faoliyatiga chek qo‘yilib, bankrot deb e’lon qilinishi bilan tugashidir”, deyiladi xabarda.
Avvalroq Kataloniya klubi o‘ziga nisbatan boshlangan sud tergovi haqida rasmiy xabar olmagani va hozircha jamoatchilikka bayonot bermasligini bildirgandi.