“Barselona” bosh murabbiyi kutilmagan holat sabab matbuot anjumanini to‘xtatdi
Sport
−
27 fevral 2021
7676"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman sog‘lig‘i sababli "Sevilya" va "Barselona" uchrashuvidan oldin o‘tkazilgan matbuot anjumanini muddatidan oldin tugatishga majbur bo‘ldi. Bu haqda "Daily Mail" xabar bergan.
Xabarga ko‘ra, tadbir davomida 57 yoshli mutaxassisning burnidan qon ketgan.
Dastlab "ko‘k-anorranglilar" ustozi qon ketishini o‘zi to‘xtatishga urinib, matbuot anjumani o‘tkazilaverishini ta’kidlagan, ammo u bunga erisha olmasdan o‘z nutqini to‘xtatishga majbur bo‘lgan.
Gollandiyalik murabbiy uchun bunday holat birinchi marta emas.
Kumanning burnidan qon ketishi holatlari mutaxassis tomonidan qabul qilingan dori vositalarining nojo‘ya ta’siriga bog‘liq.
Ma’lumot o‘rnida, u o‘tgan yili yurak xurujiga uchragan va operatsiyani boshdan o‘tkazgan.
"Sevilya" va "Barselona" o‘rtasidagi uchrashuv bugun, 27 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi