“Barselona” bilan o‘yindan keyin Peres “Real”ga yangi darvozabon olib kelmoqchi
Sport
−
28 Oktabr
775426 oktyabr kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 11-turi doirasida “Real” va “Barselona” o‘zaro bahs olib bordi. Madrid klubining ukrainalik darvozaboni Andrey Lunin o‘yinni asosiy tarkibda boshlab, o‘z darvozasidan to‘rtta gol o‘tkazib yuborgani ortidan klub prezidenti Florentino Peresni yangi darvozabon sotib olmoqchi. Bu haqda “Realmadridexclusivo” xabar berdi.
“El klasiko”dan so‘ng prezident Peres raqobatni kuchaytirish uchun yana bir darvozabon sotib olishga qaror qildi, gap “Lill” posboni Lyuka Shevale haqida ketmoqda. Luninning “Real” bilan shartnomasi uzaytirilganiga qaramay, klub uning ketishini istisno qilmayapti. Tibo Kurtuaning tez-tez jarohat olishini inobatga olib, Shevale yaqin kelajakda asosiy tarkibdan joy olishga nomzod bo‘lmoqda.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Shevale 16 ta o‘yin o‘tkazib, 15 ta gol o‘tkazib yubordi va 7 ta o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Fransuz posboni 22 yoshda. “Transfermarkt” portali uni 25 million yevroga baholamoqda.
LiveBarchasi