“Barselona” “Bavariya” himoyachisini qo‘lga kiritmoqchi
Sport
−
14 yanvar 2022
2781“Barselona” “Bavariya” markaziy himoyachisi Niklas Zyulega qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Sport Bild” nashri xabar berdi.
Futbolchining shartnomasi iyun oyida o‘z yakuniga yetadi va u klubni tark etishi mumkin. Qayd etilishicha, Zyule o‘zini Angliya Premer ligasida sinab ko‘rmoqchi. U Angliya klublaridan klubiga o‘tishni orzu qiladi.
26 yoshli germaniyalik futbolchisi “Bavariya”da 2017 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda u klub safida barcha turnirlarda 23 ta o‘yinda maydonga tushdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval “Bavariya” yarim himoyachi Kingsli Koman bilan shartnoma uzaytirilganini e’lon qilgan edi. 25 yoshli fransiyalik bilan imzolangan yangi kelishuv 2027 yilgacha mo‘ljallangan va yiliga 17 million yevrodan ko‘proq maosh oladi.