“Barselona” Bastonini transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Sport
−
28 mart 796 1 daqiqa
Ispaniyaning “Barselona” jamoasi Alessandro Bastonini transfer qilish imkoniyatlarini jiddiy o‘rganmoqda. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar “Inter” himoyachisining vakillari bilan aloqa o‘rnatib, ehtimoliy transfer borasida dastlabki muhokamalarni olib borgan. Shu bilan birga, “Barselona” futbolchining atrofidagilar orqali “neradzurri” klubiga bosim o‘tkazish niyatida emas.
Transfer amalga oshishi mumkin bo‘lgan ssenariylardan biri sifatida ko‘rilmoqda. “Inter” esa Bastonini jamoaning muhim futbolchilaridan biri deb hisoblaydi va uni sotishga rozi bo‘lishi uchun juda katta miqdorda taklif talab etadi.
Ma’lumot uchun, “Inter” Bastonini 2017 yilda “Atalanta”dan 31 million yevrodan ortiq mablag‘ evaziga transfer qilgan. U dastlab ikki yilni ijara asosida “Atalanta” va “Parma”da o‘tkazgan, 2019 yildan esa milanliklar safida asosiy tarkib futbolchisiga aylangan. Shu vaqt ichida Bastoni “Inter” safida 293 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 30 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Live
Barchasi