“Barselona” Arauxoning o‘rniga yangi futbolchi topdi
Sport
−
08 avgust 1333 1 daqiqa
“Barselona” himoyachisi Ronald Arauxoning “Liverpul”ga ketgandan so‘ng uning o‘rnini “Tottenxem” himoyachisi Kristian Romero bilan to‘ldirmoqchi. Bu haqda “Football London” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Barselona” urugvaylik futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan “Liverpul”ga ijaraga berishga rozi bo‘lgan. Arauxoning ketishi Kataloniya klubini avval ustuvor vazifa hisoblanmagan markaziy himoyachi pozitsiyasi uchun transfer bozoriga chiqishga majbur qilgan.
Xabar qilinishicha, Arauxoning ketishidan so‘ng “Tottenxem” himoyachisi Kristian Romeroning “Barselona”ga o‘tish ehtimoli oshgan. Argentinalik futbolchiga “Inter” ham jiddiy qiziqish bildirmoqda, biroq uning uchun kurashda “Atletiko Madrid” asosiy da’vogarlardan biri bo‘lib turibdi.
“Barselona”ning Romero uchun transfer poygasiga qo‘shilishi deyarli yakunlanish arafasida turgan boshqa kelishuvlarga ta’sir qilishi mumkinligi ta’kidlangan.
Shuningdek, Arauxoning ketishi “Barselona”ning maosh jamg‘armasida qo‘shimcha imkoniyat yaratadi. Chunki xabarlarga ko‘ra, “Liverpul” ijara davrida urugvaylik himoyachining maoshini to‘liq o‘z zimmasiga oladi.