“Barselona” Alvaresga ilk rasmiy taklifni tayyorlamoqda
Sport
−
28 may 902 1 daqiqa
“Barselona” “Atletiko Madrid” hamda Argentina terma jamoasi hujumchisi Xulian Alvares uchun ilk rasmiy taklifini yuborishga tayyorlanmoqda. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Romanoning ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar yaqin kunlarda rasmiy taklif yuboradi va bitimga hech qanday futbolchi qo‘shilmaydi.
Manbaga ko‘ra, Xulian Alvares bir necha oy avval “Atletiko”ning yangi shartnoma taklifini rad etgan va klub rahbariyatiga jamoani tark etish istagini bildirgan. Uning agenti va vositachilari bilan o‘tkazilgan yuzma-yuz uchrashuvdan so‘ng “Barselona” o‘z taklifini rasman taqdim etadi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Xulian Alvares “Atletiko Madrid” safida barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq insayder Fabritsio Romano “Barselona” “Nyukasl Yunayted” hujumchisi Entoni Gordonni 70 mln yevro va bonuslar evaziga transfer qilayotgani haqida xabar bergan edi.
Live
Barchasi