“Barselona” 7 yildan buyon “Bavariya”ni mag‘lub eta olmayapti

Sport

image

Kecha, 13 sentyabr kuni Yevropa Chempionlar ligasining 2-turi doirasida Kataloniyaning (Ispaniya) “Barselona” klubi Myunxenning (Germaniya) “Bavariya” jamoasi mehmoni bo‘ldi va 2:0 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Mezbonlarning 2 ta goliga Leroy Sane va Luka Ernandes mualliflik qildi. “Barsa”da ham qulay imkoniyatlar yuzaga keldi, ammo kataloniyaliklar ushbu vaziyatlardan samarali foydalanishning uddasidan chiqmadi.

Shunday qilib, “Bavariya” “Barselona” uchun dunyodagi eng noqulay raqibligicha qolmoqda. Jamoalar o‘zaro Myunxenda 7 marta to‘qnash kelishgan va bu uchrashuvlarning birontasida ham “ko‘k anorrnaglilar”ning qo‘li baland kelmagan. “Bavariya” hisobida esa 5 ta g‘alaba bor. Qolgan 2 ta uchrashuvda jamoalar murosa ko‘chasini tanlagan.

Shuningdek, nemis klubi qatorasiga beshinchi uchrashuvda “Barsa”ni mag‘lub etdi. Bundan oldingi 4 ta uchrashuvda “Bavariya” 3:0, 3:0, 8:2 va 3:2 hisoblarida ispan klubi ustidan zafar quchgan. Oxirgi beshta o‘yindagi to‘plar nisbati 19:4. Bu ko‘rsatkich ham Germaniya klubi foydasiga ishlamoqda.

“Barselona”ning “Bavariya” ustidan qozongan so‘ngi g‘alabasi 2015 yilning may oyida Chempionlar ligasi yarim finalida sodir bo‘lgan. Kataloniyaliklar o‘shanda 3:0 hisobida g‘alabaga erishgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

“Barselona” “Bavariya”

Baholaganlar

34

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing