“Barselona” 45 yil ichida ilk marotaba “Real” darvozasiga gol ura olmadi
Sport
−
02 mart 2020 6883 1 daqiqa
Madridning “Real” klubi joriy mavsumda “Barselona”ga qarshi ikki uchrashuvda o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. La-liga doirasida dekabr oyida “Kamp Nou”da bo‘lib o‘tgan “el-klassiko”da jamoalar nursiz durang qayd etgan edi.
Kecha, 1 mart kuni bo‘lib o‘tgan bahsda “Qirollik klubi” o‘z uyida “Barselona”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi va turnir jadvalida karvonboshilikni qo‘lga oldi.
Kataloniyaliklar 45 yil ichida ilk marotaba La-liga doirasida “Real Madrid” darvozasiga gol ura olmadi. Ushbu natija 1974/75 yilgi mavsumda qayd etilgandi. O‘shanda “Real Madrid” jamoasi darvozasini Migel Anxel Gonsales Suares qo‘riqlagan edi. Joriy mavsumda “Qirollik klubi” darvozasini Tibo Kurtua himoya qilmoqda.
Jahongir Sotvoldiyev
Live
BarchasiGaitida samolyot dengizga qo‘ndi
10 iyul