“Barselona” 18 yillik an’anasini davom ettirdi

Sport

image

“Barselona” deyarli 18 yildan beri o‘z maydonida “Atletiko”ga yutqazmayapti. Bu haqda futbol jurnalisti Pedro Martina o‘z X sahifasida ma’lum qildi.

4 dekabrga o‘tar kechasi “ko‘k-anorranglilar” La Liganing 15-turi doirasidagi o‘yinda o‘z uyida matraschilar ustidan g‘alaba qozondi (1:0).

Shunday qilib, “Barselona” “Atletiko Madrid”ga qarshi ketma-ket 24-o‘yinda ham mag‘lub bo‘lmadi (23 ta “Kamp Nou”da, 1 ta “Olimpiko”da). 2020 yilgi Ispaniya Superkubogi uchun kataloniyaliklar nominal mezbon maqomida bo‘lgan “Atletiko Madrid”ga yutqazgandi (2:3). O‘yin Saudiya Arabistonidagi neytral maydonda o‘tkazilgan.

“Barselona”ning o‘z maydonida “Atletiko”ga qarshi so‘nggi mag‘lubiyati 2006 yilning 5 fevraliga to‘g‘ri keladi. O‘shanda kataloniyaliklar Madrid klubi 3:1 hisobida imkoniyatni boy bergan. 

La Liganing ortda qolgan 15 ta turidan keyin “Barselona” 34 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. 38 ochkoga ega bo‘lgan Madridning “Real” va Kataloniyaning “Jirona” jamoalari 1 va 2-o‘rinni egallagan. 31 ochko to‘plagan “Atletiko” esa 4-o‘rinni band etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Atletiko La Liga

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made